16.02.2023. “Jamoat salomatligi va menejment” kafedrasi mudiri G.K.Xudayqulova va assistent G.B. Mamеdova “Xodimlar sizni tinglashlari uchun ular bilan qanday gaplashish kerak” mavzusida innovatsion formatdagi interaktiv “davra suhbati” seminarida ishtirok etdi.

“Jamoat salomatligi va menejment” kafedrasi mudiri G.K.Xudayqulova va assistent G.B. Mamеdova “Xodimlar sizni tinglashlari uchun ular bilan qanday gaplashish kerak” mavzusida innovatsion formatdagi interaktiv “davra suhbati” seminarida ishtirok etdi. Seminar dasturida amaliy boshqaruv ko‘nikmalariga oid interfaol ma’ruzalar, ishbilarmonlik o‘yinlari, bahs-munozaralar va tajriba almashishlar o‘rin olgan. Tadbirda xususiy va davlat klinikalarining professor-o‘qituvchilari, bosh shifokorlari ishtirok etdi. Tadbirni tashkil etishda 3 ta tashkilot ishtirok etdi:
1. “Bosh vrach ma’lumotnomasi” jurnali. 2. MedSkillUz – hamshiralar va shifokorlar uchun interaktiv tadbirlarni tashkil etish. 3. Mapkonsalt – jarayonni boshqarish va rag’batlantirish bo’yicha tibbiy agentlik.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.