01.04.2023. Oliy hamshiralik kursining 304-C guruhi talabalariga REFERENDUMda ovoz berish jarayoni va konstitutsiyaning yangi tahriri xaqida tushuntirish ishlari o’tkazildi.
Ayni kunlarda respublikamiz bo’ylab 30-aprel kuni bo’lib o’tadigan referendumiga aholi va yoshlarni keng jalb etish maqsadida targ’ibot-tashviqot ishlari davom etmoqda
1-aprel kuni Toshkent tibbiyot akademiyasi Farmatsiya, menejment , tibbiy biologiya, biotibbiyot muhandisligi va oliy ma’lumotli hamshira fakulteti tyutorlari hamda talabalari ishtirokida
“Konstitutsiya – meniki, sizniki va barchamizniki!» shoiri ostida tashviqot tadbirlari bo’lib o’tdi.
Talaba-yoshlarga Konstitutsiya loyihasining mazmun-mohiyati tushuntirilib, 30-aprel kuni bo’lib o’tadigan Referendumga befarq bo’lmaslikka va xalqimiz farovonligi yo’lida ovoz berishga chaqirildi.