Abzalova Nodira Akmalovna joriy yilning 27 mart kuni 7-TTJ o‘quv zalida talabalar uchun «Yoshlarni tibbiyot ilm-faniga jalb etish va tadqiqot ishlarini tashkil qilish» mavzusida seminar-trening o‘tkazdi. Seminar-treningda TTJ pedagog- tarbiyachilari va 60 nafar talaba-yoshlar ishtirok etdi. Seminar savol-javoblarga boy va qizg‘in o‘tdi. Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollariga javob olishdi. Mazkur mavzuning dolzarbligi ushbu seminarlarning davomiyligini taqazo etadi.