
Toshkent shahrining muhtasham A.Navoiy nomli kino saroyida Toshkent tibbiyot akademiyasiga birinchi bosqichga qabul qilingan talabalarning qasamyodiga bag‘ishlangan “Talabalikka bag‘ishlov” hamda “Tibbiyot xodimlari kuni”ga bag‘ishlab tantanali tadbir o‘tkazildi.
🟢Mazkur bayram shodiyonasiga O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vaziri A.A.Xudoyorov, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi mutasaddi xodimlari, TTAga qabul qilingan 1700 nafar birinchi kurs talabalari, professor-o‘qituvchilar ishtirok etdilar.
Shular qatorida Jamoat salomatligi va menejment kafedrasi mudiri Xudaykulova Gulnara Karimovna xam taqdirlandilar.