Toshkent tibbiyot akademiyasining «Jamoat salomatligi va menejment» kafedrasi  assistenti PhD Xodjayeva Malika Erkinovna 🔖2 noyabr kuni   Moskva shahrida o‘tkazilgan  xalqaro  forumda  qatnashdi. 💫Rossiya fanlar Akademiyasining 300 yilligi munosabati bilan o’tkazilayotgan «Yosh olimlarning Xalqaro forumi»da  mamlakatimiz delegatsiyasi “O’zbekistonda virusli gepatit Deltasining  tarqalish mavsumiyligi”  mavzusidagi taqdimoti bilan faol ishtirok etdilar.

Poytaxtimizdagi “Wyndham Tashkent” mehmonxonasida Sog‘liqni saqlash vazirligi, Virusologiya ilmiy-tadqiqot instituti, Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, O‘zbekiston gepatologlar uyushmasi tomonidan tashkil etilgan “Toshkentda kuzgi gepatologiya maktabi” xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada Toshkent tibbiyot akademiyasining «Jamoat salomatligi va Read More …

10.10. 2023 sanasida soat 12:00 da Toshkent tibbiyot akademiyasining «Jamoat salomatligi va menejment» kafedrasida bo`lib o`tadigan A.S.Babajanovning 71 yiligiga bag`ishlangan «Ustozga extirom» nomli ma`naviy va ma`rifiy tadbirimizga barchangizni taklif etamiz! Manzil; Toshkent tibbiyot akademiyasining 10 o`quv binosining 2 qavati o`ng qanoti «Jamoat salomatligi va menejment» kafedrasi ma`ruzalar zali

Toshkent tibbiyot akademiyasining «Jamoat salomatligi va menejment» kafedrasi mudiri Xudaykulova Gulnara Karimovna joriy yilning 20-sentyabr kuni Rossiya federatsiyasi Sankt-Peterburg shahrida bo‘lib o‘tgan «Gripp va boshqa havo tomchi infeksiyalar COVID-19» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjumanida «Bolalarda o’tkir respirator virusli infektsiyalar (shu jumladan COVID-19) uchun interferon alfa 2b dan foydalanish tajribasi» mavzusidagi taqdimotlari bilan ishtirok etdilar.