Toshkent tibbiyot akademiyasining “Jamoat salomatligi va menejment” kafedrasida 1-dekabr xalqaro OITSga qarshi kurashish kuni munosabati bilan “jamoat salomatligini muhofaza qilishda OIV-infektsiyasi profilaktik tadbirlarining o‘rni” haftaligi boshlandi. Bugun, kafedra xodimlari Respublika OITSga qarshi kurashish markazi va “Chegarasiz shifokorlar” xalqaro fondi bilan hamkorlikda talabalar uchun “O‘zingni tekshir, o‘z maqomingni bilib ol” shiori ostida aktsiya tashkil qildilar. Talabalar mobil laboratoriyada o‘z ixtiyori bilan OIV-infektsiyasi, Virusli gepatit S va zahmga bepul, anonim tarzda tezkor tekshiruvdan o‘tish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Tadbirda menejment, stomatologiya, 2-davolash va xorijiy fakultetlarning 57 nafar talabasiga 3 infektsiyaning tezkor tahlili o‘tkazildi.

ERASMUS+ AXBOROT KUNI

2023-yil 17-поуаЬr kuni ERASMUS+ AXBOROT KUNI o’tkazildi. Tadbirda Jamoat salomatligi va menejment kafedrasi xodimi Razikova Aziza ishtirok etdi,tadbirda ishtirokchilarga umumiy mа’lumоtlаr, yangi qoida vа shаrtlаr, tanlov jarayonini tashkil etish, loyiha takliflarini topshirish tartibi, muddatlari va so’nggi yangiliklar to’g’risida axborot berildi.

Toshkent tibbiyot akademiyasining «Jamoat salomatligi va menejment» kafedrasi  assistenti PhD Xodjayeva Malika Erkinovna 🔖2 noyabr kuni   Moskva shahrida o‘tkazilgan  xalqaro  forumda  qatnashdi. 💫Rossiya fanlar Akademiyasining 300 yilligi munosabati bilan o’tkazilayotgan «Yosh olimlarning Xalqaro forumi»da  mamlakatimiz delegatsiyasi “O’zbekistonda virusli gepatit Deltasining  tarqalish mavsumiyligi”  mavzusidagi taqdimoti bilan faol ishtirok etdilar.

Poytaxtimizdagi “Wyndham Tashkent” mehmonxonasida Sog‘liqni saqlash vazirligi, Virusologiya ilmiy-tadqiqot instituti, Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, O‘zbekiston gepatologlar uyushmasi tomonidan tashkil etilgan “Toshkentda kuzgi gepatologiya maktabi” xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada Toshkent tibbiyot akademiyasining «Jamoat salomatligi va Read More …

10.10. 2023 sanasida soat 12:00 da Toshkent tibbiyot akademiyasining «Jamoat salomatligi va menejment» kafedrasida bo`lib o`tadigan A.S.Babajanovning 71 yiligiga bag`ishlangan «Ustozga extirom» nomli ma`naviy va ma`rifiy tadbirimizga barchangizni taklif etamiz! Manzil; Toshkent tibbiyot akademiyasining 10 o`quv binosining 2 qavati o`ng qanoti «Jamoat salomatligi va menejment» kafedrasi ma`ruzalar zali