2- con Respublika Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumiga tashrif

Toshkent davlat tibbiyot universiteti, 1-son Jamoat salomatligi va sog‘liqni saqlash menejmenti kafedrasi professor o‘qituvchilari:

Xudaykulova G.K., Ilyasova M., Sadirxadjaeva N.S., Quldosheva M.M., Djurayeva N.K., Shayxova L.I.,Tulyaganova D.S. Mirhamidova S.Mlar 23-dekabr 2- con Respublika Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumiga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida texnikum rahbariyati va pedagog xodimlari bilan uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvda ta’lim jarayonini yanada takomillashtirish, o‘quv-uslubiy hamkorlikni mustahkamlash, amaliy mashg‘ulotlar sifatini oshirish hamda o‘quvchilar bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, tomonlar o‘rtasida ilmiy-amaliy hamkorlikni kengaytirish, malaka oshirish tadbirlarini tashkil etish, qo‘shma seminar va treninglar o‘tkazish bo‘yicha takliflar bildirildi.Texnikum faoliyatida mavjud muammolar, ularni bartaraf etish yo‘llari yuzasidan fikr almashildi va tegishli tavsiyalar berildi.Tashrif yakunida kelgusidagi hamkorlik ishlarining aniq yo‘nalishlari belgilab olindi hamda o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirishga kelishib olindi.

 

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Этот сайт использует Akismet для борьбы со спамом. Узнайте, как обрабатываются ваши данные комментариев.