Toshkent Davlat Tibbiyot Universiteti 7- son talabalar turar joyida “Talaba qizlarga odob-axloq mavzusi to’g’risida” ma’naviyat tadbiri o’tkazildi.

Qatnashchilar: Jamoat salomatligi va Jamoat salomatligi va sog‘liqni saqlash menejment menejment kafedrasi mudiri:  G.K. Xudaykulova, dotsentlar: Sh.D. Karimbayev, katta o’qituvchilar: M.M. Muyassarova, SH.A. Abdurashidova, M.M. Ilyasova, Z.K.Abduraximova,  Atabekova  SH.R., K.U.Eshbayeva, T.T.Ibragimov, N.A. Sadirxadjayeva, N.K. Jurayeva vaL.I.Shayxova, Naimova G., Mirxamidova S.M.  Menejment, Tibbiy Biologiya, Biomuhandislik va OMH fakulteti talabalari.

Talaba qizlar orasida milliy qadriyatlar, odob-axloq me’yorlari, jamiyatda ayolning o‘rni va mas’uliyati haqida tushuncha berish, axloqiy tarbiyani mustahkamlash, nojo‘ya ta’sirlardan ogohlikni oshirish, sog‘lom muhitni shakllantirish.

Vatan ravnaqi va taraqqiyoti uchun asosiy tayanch bo‘lgan siz yoshlar jamiyatning muhim qatlami hisoblanasiz.Yuqori salohiyatli,ziyoli va bilimli yoshlar har jabhada biz uchun kuch-qudrat manbai bo‘lib xizmat qiladi.  Bizning yagona maqsadimiz xalqimiz uchun tom ma’noda xizmat qila oladigan kadrlarni tayyorlab berishdir. Bunda bizga sizlarning orzu-intilishlaringiz, ilg‘or g‘oya va tashabuslaringiz, azm-u shijoatingiz, iqtidoringiz ko‘mak bo‘ladi.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Этот сайт использует Akismet для борьбы со спамом. Узнайте, как обрабатываются ваши данные комментариев.