Rasmiy habar

Hurmatli professor-oʻqituvchilar, qadrli ota-onalar va talaba-oʻquvchilar!

Gidrometeorologiya xizmati markazi xabariga asosan 10-yanvardan boshlab, havo haroratining keskin pasayishi davrida aholi oʻrtasida, ayniqsa taʼlim tashkilotlarida mavsumiy gripp kasalligining keskin koʻpayishining oldini olish maqsadida oliy va professional taʼlim muassasalari, akademik litsey talaba-oʻquvchilari uchun qishki taʼtil muddati 2023-yil 18-yanvarga qadar uzaytirildi.

Dars mashg‘ulotlari 18-yanvardan boshlanadi.

Bu davrda taʼlim tashkilotlari pedagog va boshqa xodimlarga amaldagi ish haqi toʻlovlari saqlanib qoladi.

Shuningdek, taʼtil kunlari talabalar uchun ilmiy maqolalar tayyorlash boʻyicha onlayn seminarlar, maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar oʻtkaziladi.

Talaba-oʻquvchilarning oʻz taʼlim muassasalariga qaytishlariga qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida avia hamda temir yoʻl chiptalari tarif qismidan 50 foiz miqdorida chegirma berilishi muddati ham 2023-yilning 18-yanvariga qadar uzaytirildi.

Eng asosiysi, 9-yanvargacha xarid qilingan avia va temir yoʻl chiptalari bepul tarzda tegishli muddatga almashtirib beriladi.

Bundan tashqari, taʼtil uzaytirilishi munosabati bilan avia hamda temir yoʻllarda qoʻshimcha joy (reys)lar ajratiladi.

Ushbu davrda belgilangan dars mashgʻulotlari oʻquv yili davomida tigʻizlashtirib oʻqitiladi.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Этот сайт использует Akismet для борьбы со спамом. Узнайте, как обрабатываются ваши данные комментариев.