“Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari davlat himoyasida” mavzusida tadbir o‘tkazildi

Qatnashchilar: Jamoat salomatligi va menejment kafedrasi mudiri G.K.Xudaykulova, dotsent SH.D.Karimbayev, katta o‘qituvchilar M.M.Ilyasova, M.M.Muyassarova, SH.A.Abdurashidova, M.R.Salimova, assisentlar Z.K.Abdurahimova, Sh.R.Atabekova, T.T.Ibragimov, A.A.Razikova, M.E.Xodjayeva, K.U.Eshbayeva, N.K.Djo‘rayeva, M.M.Qo‘ldosheva va 2-Davolash fakulteti talabalari.

Tadbirda kafedra assistenti T.T.Ibragimov mavzu bo‘yicha ma’ruza qildi. Nogironligi bo‘lgan shaxslar huquqlari davlatimiz tomonidan himoya qilinishi, bu borada tegishli qonuniy hujjatlar qabul qilinganligi ta’kidlab o‘tildi. Jumladan O‘zbekiston Respublikasining 2020 yil 15-oktyabrdagi “Nogironligi bo‘lgan shaxslar huquqlari to‘g‘risida”gi 641-sonli Qonunining 3-moddasida “maqsadi yoki natijasi siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, fuqaroviy sohada yoki boshqa sohada o‘zgalar bilan nogironligi bo‘lgan shaxslarning teng huquq va erkinliklarini e’tirof etishni yoki ro‘yobga chiqarishni inkor qilishdan iborat bo‘lgan, nogironlik sababli har qanday ajratib qo‘yish, istisno etish, chetlatish, cheklash – nogironlik belgisiga ko‘ra kamsitish” deb qaralishi belgilab qo‘yilgan.Ma’ruza davomida har bir tibbiyot xodimi o‘z faoliyatida ushbu talablarga rioya qilishlari va nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlarini poymol qilmasliklari lozimligi eslatib o‘tildi. Ma’ruza so‘ngida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollar bo‘yicha savol-javoblar bo‘lib o‘tdi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.