Mavzu: Til: Xitoy-Rus Sana: 15 Yanvar 2024 (Dushanba) Vaqt: 2.00 PM – 4.00 PM (GMT +5) Zoom uchrashuv havolasi: https://icccm-net.zoom.us/j/87670263353 Zoom uchrashuv ID: 876 7026 3353
кафедрамиз ходимлари
Jamoat sog‘lig‘ini va menejment kafedrasida professor – o’qituvchilar orasida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining yangi tahriri va uning hayotimizdagi ahamiyati haqida so‘z bordi. 🇺🇿Iymonli elimning baxtli farzandi, Mehnatdan baxt topgan asalu qandi. Farovon zamonam porloq dilbandi, Baxtliman buyuk Qomus sharofatidan. Istiqlolim yo’l Read More …
tadbir
Toshkent tibbiyot akademiyasining «Jamoat salomatligi va menejment» kafedrasida Babadjanov Аbdujabbor Sattorovich xotirasiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda marhum ustozning shogirdlari va oila a`zolari ishtirok etishdi, ustozning xayot faoliyati, samarali mehnati, ilmiy izlanishlari, shogirdlarigbira ko‘rsatgan mehri xususida so‘z yuritdilar.
E`lon
E`lon ! 6.12.2023 yilda 9.30-10.50 menedjment fakulьtetining 101 gurux talabalari bilan tibbiyot statistikasi fanida «Statistik ma’lumotlarni taxlil qilishda nisbiy kiymatlarning ahamiyati» mavzusida ochiq dars bo‘lib o‘tadi. Assistent – o‘qituvchi Eshbayeva Kamila Uralovna.
Toshkent tibbiyot akademiyasining “Jamoat salomatligi va menejment” kafedrasida 1-dekabr xalqaro OITSga qarshi kurashish kuni munosabati bilan “jamoat salomatligini muhofaza qilishda OIV-infektsiyasi profilaktik tadbirlarining o‘rni” haftaligi boshlandi. Bugun, kafedra xodimlari Respublika OITSga qarshi kurashish markazi va “Chegarasiz shifokorlar” xalqaro fondi bilan hamkorlikda talabalar uchun “O‘zingni tekshir, o‘z maqomingni bilib ol” shiori ostida aktsiya tashkil qildilar. Talabalar mobil laboratoriyada o‘z ixtiyori bilan OIV-infektsiyasi, Virusli gepatit S va zahmga bepul, anonim tarzda tezkor tekshiruvdan o‘tish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Tadbirda menejment, stomatologiya, 2-davolash va xorijiy fakultetlarning 57 nafar talabasiga 3 infektsiyaning tezkor tahlili o‘tkazildi.
2023-yil 11:00da 2-kurs Menejment fakulteti 205-a guruh talabalari bilan o’tkaziladigan “Salomatlikni muhofazalash, sogʻlom turmush tarzini shakllantirish” mavzusida ochiq dars bo`lib o`tdi.
ERASMUS+ AXBOROT KUNI
2023-yil 17-поуаЬr kuni ERASMUS+ AXBOROT KUNI o’tkazildi. Tadbirda Jamoat salomatligi va menejment kafedrasi xodimi Razikova Aziza ishtirok etdi,tadbirda ishtirokchilarga umumiy mа’lumоtlаr, yangi qoida vа shаrtlаr, tanlov jarayonini tashkil etish, loyiha takliflarini topshirish tartibi, muddatlari va so’nggi yangiliklar to’g’risida axborot berildi.