Ochiq seminar bo‘lib o‘tdi

Ochiq seminar bo‘lib o‘tdi
📅 29.12.2025
📍 2-son Respublika Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi
Toshkent davlat tibbiyot universiteti “Jamoat salomatligi va sog‘liqni saqlash menejmenti” kafedrasi hamda texnikumimiz “Hamshiralik ishi” kafedrasi hamkorligida o‘qituvchilar uchun “DMED tizimida ishlashni o‘rganamiz” mavzusida ochiq seminar tashkil etildi.
👨‍🏫 Seminarni TDTU 1-son Jamoat salomatligi va sog‘liqni saqlash menejmenti kafedrasi o‘qituvchisi Ibragimov To‘lqin Toxirovich olib bordi. Tadbir davomida DMED tizimida ishlash tartibi, imkoniyatlari va amaliy qo‘llanilishi atroflicha tushuntirildi.
💬 Savol-javoblar orqali ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldilar hamda yangi bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ldilar.
🤝 Seminar yakunida hamkorlikni yanada mustahkamlash, o‘qituvchi va o‘quvchilarni seminar hamda konferensiyalarga jalb etish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.