Tashkilotchilar: Jamoat salomatligi va menejment kafedrasi a’zolari.
Qatnashchilar: Jamoat salomatligi va menejment kafedrasi mudiri: G.K. Xudaykulova, dotsentlar: Sh.D. Karimbayev, katta o’qituvchilar:M.M. Muyassarova, Sh.A. Abdurashidova, M.M. Ilyasova, asisstentlar: N.A. Sadirxadjayeva, Sh. R. Atabekova, L. I Shayxova, G. H. Naimova, Jurayeva N.K., Mirxamidova S.M. Menejment, Tibbiy Biologiya, Biomuhandislik va OMH fakulteti talabalari.
Mohiyatan, sport salomatlik garovi ekanini barchamiz yaxshi bilamiz. Shu bois, Oʻzbekistonda sport bilan shugʻullanish ommaviy tus olmoqda. Sogʻlom turmush tarziga amal qilayotgan yurtdoshlarimiz soni kun sayin koʻpayib borayotgani ham fikrimiz dalili.
Prezidentimizning 2020-yil 30-oktyabrdagi “Sogʻlom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yana-da rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmoni esa bu boradagi harakatlarimizga yangi ruh bagʻishladi. Qish boʻlishiga qaramay, erta tongdan xiyobonu koʻchalarda yugurib, chiniqayotgan odamlarni koʻp uchratyapmiz. Bugun harbiylashtirilgan tizim xodimlari oʻrtasida ham sport bilan muntazam shugʻullanish avj olgan. Turli sport musobaqalari oʻtkazish ommalashmoqda.
Taʼkidlash joizki, davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan beshta muhim tashabbusning ikkinchi yoʻnalishi – yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishi uchun zarur sharoitlar yaratishga alohida eʼtibor qaratilayotgani keyingi yillarda ommaviy sport tadbirlarini oʻtkazishga keng yoʻl ochmoqda.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi akademiyasida ham yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning barcha sport musobaqalarida faol qatnashishi, sportni yana-da rivojlantirishga yoʻnaltirilgan tadbirlarni ommalashtirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Kursantlarimiz musobaqalarda faol ishtirok etib kelmoqda.
— Yurtimizda jismoniy tarbiya va sportni yana-da rivojlantirish, uning ommaviyligini oshirish, aholining turli qatlamlari, xususan, yoshlar orasida sogʻlom turmush tarzini keng targʻib qilish tobora kuchaymoqda, — deydi Favqulodda vaziyatlar vazirligi akademiyasi oʻqituvchisi, katta leytenant Rustam Choriyev. — Ushbu islohotlar hayotga tatbiq qilinishida murabbiylardan tashkilotchilik va jonbozlik talab etiladi. Albatta, biz ham yoshlarimizga namuna boʻlishga harakat qilyapmiz.
Jismoniy tarbiyaning sog‘liqqa foydalari:
- sport bilan muntazam shug‘ullanish uzoq umr ko‘rishning eng oddiy yo‘lidir.
- kishi sport bilan shug‘ullanganida organizmi yaxshi chiniqadi, muskullari tez charchamaydi. Chiniqqan odamning nerv-endokrin, yurak-qon tomir, nafas olish va boshqa hayotiy muhim a’zolari hamda to‘qimalarining ish faoliyati ortadi.
- sport mashg‘ulotlari odam tanasidagi to‘qimalarning tez yangilanishi, uning yosh, sog‘lom va tetik saqlanishiga sabab bo‘ladi.
- taloqda limfotsitlar hosil bo‘lishi ko‘payib, organizmning yuqumli kasalliklardan himoyalanish qobiliyati (immunitet) kuchayadi.
- kam harakatlilik (gipodinamiya) yurak faoliyatini kuchsizlantiradi. Natijada yurak-qon tomir va boshqa kasalliklar yuzaga keladi.
- mashqlar orqali qon aylanishi tezlashadi, miyamizga kislorod boradi, mushaklar kuchayib, bo‘g‘imlarning harakatini ta’minlaydi, ruhiy taranglik yo‘qolib, energiya ortadi.
- sport bilan shug‘ullanuvchilarda yurak klapanlari va muskullari yaxshi rivojlanib, uning hajmi boshqalarnikiga qaraganda kattaroq bo‘ladi.
- o‘pkaning tiriklik sig‘imi ortadi (4500-6500 ml.ga etadi), nafas olish va qon aylanish a’zolari yaxshi rivojlanadi.
- odatda zaiflashgan, chiniqmagan tanada mikroblar yashashi va ko‘payishi uchun qulay sharoit topadi. Natijada bunday odam kasallanadi.
Kundalik faoliyat
Kundalik ishlarni bajarish kuchli mushaklar, muvozanat va chidamlilikni talab qiladi. Muntazam jismoniy faoliyat va mashqlar mushaklarning kuchini, muvozanatini va chidamliligini oshiradi.Yurish, stuldan turish yoki biror narsa olish uchun egilish kabi kundalik ishlarda muvozanat muhim rol o’ynaydi. Muvozanat muammolari kundalik hayot faoliyatiga salbiy ta’sir ko’rsatishi tayin. Muntazam jismoniy faoliyat muvozanatni yaxshilaydi va yiqilish xavfini kamaytiradi[11]. Muntazam ravishda mashq qilish jismoniy va ruhiy salomatlik uchun juda ko’p foyda keltiradi. Muntazam mashqlar yurak-qon tomir sog’lig’ingizni yaxshilashga, stress va tashvishlarni kamaytirishga, mushaklar va suyaklarni mustahkamlashga yordam beradi.
Shuningdek, u me’yoriy vaznni saqlashga, surunkali kasalliklar rivojlanish xavfini kamaytirishga va umumiy hayot sifatini yaxshilashga yordam beradi. Bundan tashqari, mashqlar energiya darajasini oshirib, yaxshiroq uxlashga yordam beradi va diqqatni jamlash, konsentratsiyani oshiradi.
