Toshkent Tibbiyot Akademiyasi Jamoat salomatligi va menejment kafedrasi “Nogiron bolalarning psixologik jihatlarini o’rganish va sog’lom turmush tarzini targ’ibot qilish ” mavzusida manaviyat tadbiri

Qatnashchilar:Jamoat salomatligi va menejment kafedrasi mudiri G.K. Xudaykulova, dotsentlar SH.D. Karimbayev, katta o’qituvchilar M.M. Muyassarova, SH.A. Abdurashidova, M.M. Ilyasova, asisstentlar Sadirxodjayeva N.S Jo’rayeva N.A Eshbayeva K.U Kuldasheva M.M Ibragimov T.T Axmedov I.E Nazirkulov O.S Otabekova SH.R Abduraximova Z.K., Mirxamidova S.M. Menejment, Tibbiy Biologiya, Biomuhandislik va OMH fakulteti talabalari.

Dunyoda taxminan 1 milliardga yaqin nogironlar istiqomat qiladi va ularning barchasi jamiyat hayotidagi keng ko’lamli, samarali va teng huquqli ishtirokini cheklaydigan, jismoniy, ijtimoiy-iqtisodiy to’siqlarga duch keladi. BMT ma’lumotlariga ko’ra, ular ta’lim, mehnat, sog’liqni saqlash hamda ijtimoiy va huquqiy ko’mak kabi asosiy manbalardan teng ravishda foydalana olmaydi.

Nogironligi bo’lgan shaxslarning manzilli ravishda ijtimoiy himoya qilinishi ularga keng imkoniyatlar eshigini ochmoqda.

Respublikamizda 3-dekabr “Xalqaro nogironlar kuni” sifatida e’lon qilinishi hamda keng miqyosda nishonlanishi hukumatimiz tomonidan olib borilayotgan kuchli va manzilli ijtimoiy himoya siyosatining isbotidir.

Oliy o’quv yurtlarida tahsil olayotgan nogironligi bo’lgan shaxslarning shartnoma to’lovlarini to’lab berilishi, o’tgan o’quv yilidan boshlab qonunda belgilangan tartibda ularni oliy o’quv yurtlariga grant asosida qabul qilinishi sohada amalga oshirilayotgan ishlarning bir qismigina xolos.

Bugungi kunda nogiron bolalarga nisbatan ijobiy munosabat bildirish, ularni jamiyatga integratsiyalash, rivojlanishiga yordam berish dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Nogironlik bolaning faqatgina jismoniy holatiga emas, balki uning psixologik holatiga ham bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun nogiron bolalarning psixologik xususiyatlarini chuqur o‘rganish, ularni ruhiy qo‘llab-quvvatlash, o‘zini jamiyatning teng huquqli a’zosi deb his qilishlariga yordam berish juda muhimdir.

Nogiron bolalar ko‘pincha o‘z tengdoshlaridan farqli ekanini erta sezadi. Bu holat ularda o‘ziga ishonchsizlik, yolg‘izlik, tushkunlik, uyatchanlik kabi ruhiy muammolarni keltirib chiqarishi mumkin. Ayrim hollarda bunday bolalar jamoadagi o‘yinlarda ishtirok eta olmasligi yoki boshqa bolalar bilan muloqot qilishda qiynalishi ularning ijtimoiy moslashuvini susaytiradi. Bunday paytda ularning yonida ota-onasi, o‘qituvchilar va psixologlar bo‘lishi, mehr va e’tibor ko‘rsatishi juda muhim sanaladi.

Nogiron bolalarni qo‘llab-quvvatlashda targ‘ibot ishlari ham alohida o‘rin tutadi. Maktablarda ular uchun maxsus mashg‘ulotlar, seminar va treninglar o‘tkazish, ijtimoiy tarmoqlarda videoroliklar, maqolalar orqali sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish zarur. Shuningdek, ota-onalar va pedagoglar uchun psixologik maslahatlar, treninglar tashkil etish orqali bolalarning rivojlanishiga ko‘maklashish mumkin.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.