O‘zbekiston Respublikasi Toshkent Tibbiyot Akademiyasi hamda Ostona Tibbiyot Universiteti sizni va sizning hamkasblaringizni 2023-yil 17-aprelda o‘tkaziladigan “Jamoat salomatligi va menejmentining dolzarb masalalari” xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasida ishtirok etishga taklif etadi. Konferensiya Jamoat salomatligi va menejment kafedrasida bolib otadi. Konferensiyaning asosiy yo‘nalishlari:
• Aholi salomatligining dolzarb muammolari
• Hozirgi bosqichda oziq-ovqat xavfsizligining dolzarb masalalari;
• yuqumli va yuqumsiz kasalliklar epidemiologiyasining dolzarb masalalari;
• sanitariya-epidemiologiya nazorati;
• inson ekologiyasi va atrof-muhit gigienasi va aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini ta’minlashning zamonaviy muammolari;
• ekologik omillarning aholi salomatligiga ta’sirini baholash;
• Aholining salomatlik holati mamlakat milliy xavfsizligining omili sifatida. Ona va bola salomatligining dolzarb masalalari;
• sog’liqni saqlash tizimida menejment va marketingning dolzarb muammolari;
• sog’liqni saqlashni tashkil etish va boshqarish masalalari;
• sog’liqni saqlash tizimini moliyalashtirish.
Anjumanda ishtirok etish uchun O’zbekiston va qo’shni davlatlarning tibbiyot oliy o’quv yurtlari va ilmiy-tadqiqot institutlari o’qituvchilari, olimlar, shifokorlar, doktorantlar, magistrlar, rezidentlar, talabalar taklif etiladi.