Djuraeva Nilufar Kurvankulovna

2010 yilda Toshkent tibbiyot akademiyasini tamomlagan. 2010 yildan 2022 yil sentyabr oyiga qadar “Allergologiya, klinik immunologiya va hamshiralik ishi” kafedrasida faoliyat yuritgan. Hozirgi kunda esa “Jamoat salomatligi va menejment” kafedrasi xodimi hisoblanadi.

Mehnat faoliyati davomida hammualliflikda 2 ta darslik, 3 ta o‘quv qo‘llanma hamda 12 ta o‘quv-uslubiy qo‘llanma yaratgan. 2010 yildan buyon 43 ta xorijiy ilmiy maqola, jumladan Scopus bazasida indekslangan 4 ta maqola va 20 ta tezis muallifi hisoblanadi.

2020 yil noyabr oyidan boshlab t.f.n. U.E. Eraliyev rahbarligida “COVID-19 infeksiyali bemorlar reabilitatsiyasida hamshiralar faoliyatini takomillashtirish” mavzusida ilmiy izlanish olib bormoqda. Ilmiy yo‘nalishdagi xalqaro konferensiyalarda ma’ruzalari bilan muntazam ishtirok etib kelmoqda.

Shuningdek, “COVID-19 infeksiyali bemorlarning reabilitatsiyaga muhtojligini aniqlash” ilovasi hamda “Doctor” mobil ilovasi uchun 2 ta DGU olgan. Scopus bazasida qayd etilgan nufuzli jurnallarda Tuychiev L.N., Xudaykulova G.K. va Eraliev U.E. bilan hammualliflikda ilmiy ishlari chop etilgan.

‪nilufar_djurayeva Djurayeva‬ – ‪Академия Google‬