Bugun “Jamoat salomatligi va menejment” kafedrasida mahorat darsi bo‘lib o‘tdi. Mahorat darsini mutaxassislar Turgambayeva A. K. t.f.n. “Ostona tibbiyot universiteti” Jamoat salomatligi va menejment kafedrasi hamda Duysekova S. B. Katta o‘qituvchi, tibbiyot fanlari nomzodi «Ostona tibbiyot universiteti» Jamoat salomatligi va menejment kafedrasi “Keksalar, nogironlar va aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj boshqa qatlamlariga tibbiy-ijtimoiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha davlat siyosati, tibbiy-ijtimoiy yordam koʻrsatish” mavzusida Toshkent tibbiyot akademiyasi menejment fakulteti talabalari va kafedra oʻqituvchilari uchun mahorat darsi olib borildi. Mashg‘ulotlar muhokama va o‘yinlar tarzida juda qiziqarli o‘tdi. Talabalar va o‘qituvchilar tomonidan ko‘plab savollar berildi va ushbu qiziqtirgan savollarga ham javoblar berildi.