Toshkent tibbiyot akademiyasining «Jamoat salomatligi va menejment» kafedrasi Qozog‘istonning S.D. Asfendiyarov nomidagi Milliy tibbiyot universiteti hamda Samarqand davlat tibbiyot universiteti bilan hamkorlikda «Shifokor nizoli vaziyatda qanday yo‘l tutishi kerak?» mavzusida seminar tashkil etdi. Seminarda kafedra xodimlari va talabalar faol ishtirok etib, shifokorlar duch kelishi mumkin bo‘lgan nizoli vaziyatlar, ularni hal etish usullari hamda sog‘liqni saqlash tizimida muloqot madaniyatining o‘rni bo‘yicha muhokamalar olib borildi. Seminar davomida ishtirokchilar o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashib, mavzuga oid muhim bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishdi. Seminarning hamkor tashkilotchisi va ma’ruzachisi sifatida Toshkent tibbiyot akademiyasining «Jamoat salomatligi va menejment» kafedrasi mudiri, tibbiyot fanlari doktori, dotsent Xudayqulova Gulnora Karimovna ishtirok etdi.Ushbu seminar kasbiy faoliyatda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan nizoli holatlarni chuqur tushunish va ularni samarali hal etish bo‘yicha muhim tajriba maydoni bo‘ldi. 20/03/2025 Севара Мирхамидова
Toshkent tibbiyot akademiyasining “Jamoat salomatligi va menejment” каfedrasida – Istambulning Cerraxpasha universiteti salomatlik fanlari institutining “Hamshiralik ishida boshqaruv” dasturi doktori va xozirda Toshkent xalqaro tibbiyot markazining Hamshiralik ishi bo`yicha director vazifasini bajarib kelayotgan Emel Gümüş dotsent lavozimida o‘z ilmiy va pedagogik faoliyatini boshladi. Emel Gümüş kafedrada 2-kurs oliy ma’lumotli hamshiralik fakulteti talabalari uchun “Hamshiralik ishida boshqaruv” fanidan ma’ruza mashg‘ulotlarini olib bormoqda. Darslar o‘zbek, rus va ingliz tillarida olib borilmoqda, bu esa talabalarning fanga bo‘lgan qiziqishini oshirib, ularning bilim va ko‘nikmalarini yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda. Talabalar va professor-o‘qituvchilar bilan muloqot jarayoni ilmiy va amaliy tajribalar almashinuvi uchun samarali jarayonga aylandi 20/03/2025 Севара Мирхамидова