
Toshkent tibbiyot akademiyasining “Jamoat salomatligi va menejment” каfedrasida – Istambulning Cerraxpasha universiteti salomatlik fanlari institutining “Hamshiralik ishida boshqaruv” dasturi doktori va xozirda Toshkent xalqaro tibbiyot markazining Hamshiralik ishi bo`yicha director vazifasini bajarib kelayotgan Emel Gümüş dotsent lavozimida o‘z ilmiy va pedagogik faoliyatini boshladi. Emel Gümüş kafedrada 2-kurs oliy ma’lumotli hamshiralik fakulteti talabalari uchun “Hamshiralik ishida boshqaruv” fanidan ma’ruza mashg‘ulotlarini olib bormoqda. Darslar o‘zbek, rus va ingliz tillarida olib borilmoqda, bu esa talabalarning fanga bo‘lgan qiziqishini oshirib, ularning bilim va ko‘nikmalarini yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda. Talabalar va professor-o‘qituvchilar bilan muloqot jarayoni ilmiy va amaliy tajribalar almashinuvi uchun samarali jarayonga aylandi
