
Toshkent tibbiyot akademiyasining «Jamoat salomatligi va menejment» kafedrasi Qozog‘istonning S.D. Asfendiyarov nomidagi Milliy tibbiyot universiteti hamda Samarqand davlat tibbiyot universiteti bilan hamkorlikda «Shifokor nizoli vaziyatda qanday yo‘l tutishi kerak?» mavzusida seminar tashkil etdi. Seminarda kafedra xodimlari va talabalar faol ishtirok etib, shifokorlar duch kelishi mumkin bo‘lgan nizoli vaziyatlar, ularni hal etish usullari hamda sog‘liqni saqlash tizimida muloqot madaniyatining o‘rni bo‘yicha muhokamalar olib borildi. Seminar davomida ishtirokchilar o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashib, mavzuga oid muhim bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishdi. Seminarning hamkor tashkilotchisi va ma’ruzachisi sifatida Toshkent tibbiyot akademiyasining «Jamoat salomatligi va menejment» kafedrasi mudiri, tibbiyot fanlari doktori, dotsent Xudayqulova Gulnora Karimovna ishtirok etdi.Ushbu seminar kasbiy faoliyatda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan nizoli holatlarni chuqur tushunish va ularni samarali hal etish bo‘yicha muhim tajriba maydoni bo‘ldi.
