Kafedra assistenti Ibragimov To‘lqin Tohirovichning “Marketing” fanidan “Tovarning hayotiylik davri” mavzusidagi ochiq amaliy mashg‘uloti.
1-son jamoat salomatligi va sog‘liqni saqlash menejmenti kafedrasining 2025-2026 o‘quv yiliga mo‘ljallangan kompleks rejasiga muvofiq 2025 yil 30 oktyabr kuni kafedra assistenti Ibragimov To‘lqin Tohirovichning ochiq amaliy mashg‘uloti bilib o‘tdi.
Ochiq amaliy mashg‘ulot “Farmatsiya, menejment, tibbiy biologiya, biotibbiyot muhandisligi va OHI” fakulteti “Menejment” yo‘nalishi 202-A guruhi talabalari o‘rtasida “Marketing” fanidan “Tovarning hayotiylik davri” mavzusida o‘tkazildi.
T.T.Ibragimov darsni amaliy mashg‘ulotlar xronokartasiga muvofiq, o‘qitishning “Blits-so‘rov” metodi, “Aqliy hujum”, “Bahs-munozara” strategiyalari, “Muammoli vaziyat”, “Test” texnologiyasi va boshqa metodlardan foydalangan holda o‘tkazildi. Dars davomida kompyuter va proyektor kabi axborot texnologiya vositalaridan ham samarali foydalanildi.
Talabalar bu metodlarni qo‘llash jarayonida faol ishtirok etishdi.
