Kafedra assistenti Ibragimov To‘lqin Tohirovichning “Jamoat salomatligi. Marketing, menejment” fanidan “Tibbiy reklamalar xususiyatlari” mavzusidagi ochiq amaliy mashg‘uloti.

Kafedra assistenti Ibragimov To‘lqin Tohirovichning “Jamoat salomatligi. Marketing, menejment” fanidan “Tibbiy reklamalar xususiyatlari” mavzusidagi ochiq amaliy mashg‘uloti.

1-son jamoat salomatligi va sog‘liqni saqlash menejmenti kafedrasining 2025-2026 o‘quv yiliga mo‘ljallangan kompleks rejasiga muvofiq 2025 yil 15 noyabr kuni kafedra assistenti Ibragimov To‘lqin Tohirovichning ochiq amaliy mashg‘uloti bilib o‘tdi.

Ochiq amaliy mashg‘ulot 2-son Davolash fakulteti 315-B guruhi talabalari o‘rtasida o‘tkazildi.

T.T.Ibragimov darsni amaliy mashg‘ulotlar xronokartasiga muvofiq, o‘qitishning “Blits-so‘rov” metodi, “Bumerang”, “Bahs-munozara” strategiyalari, “Muammoli vaziyat”, “Test” texnologiyasi va boshqa metodlardan foydalangan holda o‘tkazildi.  Dars davomida kompyuter va proyektor kabi axborot texnologiya vositalaridan ham  samarali foydalanildi.

Talabalar bu metodlarni qo‘llash jarayonidagi savol-javob, bahs-munozaralarda faol ishtirok etishdi.

 

Guruh talabalaridan shakllangan jamoalar v atalabalar dars yakunida belgilangan tartibda baholandi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.