1 va 2 son “Muruvvat” nogironligi bo‘lgan bolalar internat uyilariga tashrif buyurdi

Toshkent davlat tibbiyot universiteti, 1-son Jamoat salomatligi va sog‘liqni saqlash menejmenti kafedrasi professor o‘qituvchilari: Abduraximova Z.Q., Sadirxadjaeva N.S., Quldosheva M.M., Djurayeva N.K., Shayxova L.I., Tulyaganova D.S.lar 3-dekabr butun jahon “Nogironligi bor shaxslar kuni” munosabati bilan  10-dekabr kuni 1 va 2 son “Muruvvat” nogironligi bo‘lgan bolalar internat uyilariga tashrif buyurdi.

Tashrifdan maqsad nogironligi bo’lgan shaxslarning huquqlari va jamiyatdagi o’rnini eslatish hamda ularning muammolariga e’tibor qaratish. Bu kun orqali jamiyatda nogironligi bo’lganlar uchun teng imkoniyatlar yaratish, ularning qadr-qimmati va jamiyat hayotida to’liq ishtirok etish huquqini ta’minlash ko’zda tutiladi. Bundan tashqari bolalarga kundalik zaruriy gigiyenik vositalar bilan birgalikda turli hadyalar ulashildi.

Toshkent davlat tibbiyot universiteti xodimlari “Muruvvat” nogironligi bo‘lgan bolalar internat uylari bilan universitet doimiy hamkorlik va yordam uchun doimiy ochiqligini bildirdi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.