13 dekabr kuni 14:30 da «Jamoat salomatligi, sog’liqni saqlashni tashkil etish va boshqarish» kafedrasida 1 kurs talabalari ishtirokida «Tibbiyot tarixi» fanidan seminar bo’lib o’tadi. Mavzu: «O’zbekiston tibbiyoti rivojlanishiga hissa qo’shgan tibbiyot xodimlari».
Seminarda o’zining dokladlari bilan ishtirok etishni xohlovchi talabalar 3dan 10chi dekabrgacha o’z ijod mahsullarini kafedra xodimlariga ko’rsatib, ishtirokchilar ro’yxatidan o’tishlari kerak bo’ladi.
Seminarda ishtirok etish uchun dokladlarga qo’yiladigan talablar:
- doklad 10 minutga mo’ljallangan bo’lishi;
- o’zbek, rus yoki ingliz tilida bo’lishi;
- Microsoft Power Point shaklidagi prezentatsiya ko’rinishida bo’lishi kerak