Toshkent davlat tibbiyot universitetining 1-son “Jamoat salomatligi va sog‘liqni saqlash menejmenti” kafedrasida “Bozor. Tibbiy xizmatlar bozorining o‘ziga xos xususiyatlari” mavzusida ochiq dars yuqori saviyada tashkil etildi.

Ochiq dars davomida davolash fakulteti 326-A guruh talabalari o‘zlarining loyiha ishlari sifatida xususiy klinikalar konsepsiyalarini ishlab chiqdilar. Har bir talaba o‘z klinikasining faoliyati, xizmat turlari, boshqaruv tizimi, marketing strategiyasi hamda raqobatbardosh jihatlari bo‘yicha taqdimot qildi.

Dars jarayonida boshqa talabalar investorlar sifatida ishtirok etib, taqdim etilgan loyihalarni baholadilar, savollar berdilar hamda istiqbolli biznes g‘oyalarni muhokama qildilar. Ushbu interaktiv format talabalarning strategik fikrlash, menejment va taqdimot ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qildi.

Ochiq dars kafedra assistenti Mirxamidova Sevara Mirmaxmudovna tomonidan olib borildi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.