Toshkent tibbiyot akademiyasining «Jamoat salomatligi va menejment» kafedrasi Qozog‘istonning S.D. Asfendiyarov nomidagi Milliy tibbiyot universiteti hamda Samarqand davlat tibbiyot universiteti bilan hamkorlikda «Shifokor nizoli vaziyatda qanday yo‘l tutishi kerak?» mavzusida seminar tashkil etdi. Seminarda kafedra xodimlari va talabalar faol ishtirok etib, shifokorlar duch kelishi mumkin bo‘lgan nizoli vaziyatlar, ularni hal etish usullari hamda sog‘liqni saqlash tizimida muloqot madaniyatining o‘rni bo‘yicha muhokamalar olib borildi. Seminar davomida ishtirokchilar o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashib, mavzuga oid muhim bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishdi. Seminarning hamkor tashkilotchisi va ma’ruzachisi sifatida Toshkent tibbiyot akademiyasining «Jamoat salomatligi va menejment» kafedrasi mudiri, tibbiyot fanlari doktori, dotsent Xudayqulova Gulnora Karimovna ishtirok etdi.Ushbu seminar kasbiy faoliyatda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan nizoli holatlarni chuqur tushunish va ularni samarali hal etish bo‘yicha muhim tajriba maydoni bo‘ldi.

“Fostering the doctor of the 21st century: education for patient centered communication”

Toshkent tibbiyot akademiyasining «Jamoat salomatligi va menejment» kafedrasi mudiri Xudaykulova Gulnara Karimovna, kafedra assistenti Razikova Aziza Abdumalikovna va «Xalqaro fakultet» dekani v.v.b., «Tibbiy va biologik kimyo kafedrasi» mudiri, Tursunov Djaxangir Xusanovichlar joriy yilning 7-10 mart kunlari Angliyaning Lids universitetida bo‘lib Read More …

Toshkent tibbiyot akademiyasida 26-27 fevral kunlari «Jamoat salomatligi va menejment» kafedrasi tomonidan tashkil etilgan “Menejerlar uchun tibbiy texnologiyalarni boshqarish” nomli seminar trening tashkil etildi.

T Seminar treningda kafedra xodimlari hamda iqtidorli talabalari “Jamoat salomatligini saqlash va boshqarish” maktabi xodimlari faol ishtirok etmoqdalar. Trening O‘zbekistonda GIZ-ning «Ilg‘or tibbiy texnologiyalarni boshqarish» dasturi asosida ishlab chiqilgan bo‘lib bu tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazining – Menejment, Ijtimoiy Read More …

Toshkent tibbiyot akademiyasining “Jamoat salomatligi va menejment” kafedrasida 1-dekabr xalqaro OITSga qarshi kurashish kuni munosabati bilan “jamoat salomatligini muhofaza qilishda OIV-infektsiyasi profilaktik tadbirlarining o‘rni” haftaligi boshlandi. Bugun, kafedra xodimlari Respublika OITSga qarshi kurashish markazi va “Chegarasiz shifokorlar” xalqaro fondi bilan hamkorlikda talabalar uchun “O‘zingni tekshir, o‘z maqomingni bilib ol” shiori ostida aktsiya tashkil qildilar. Talabalar mobil laboratoriyada o‘z ixtiyori bilan OIV-infektsiyasi, Virusli gepatit S va zahmga bepul, anonim tarzda tezkor tekshiruvdan o‘tish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Tadbirda menejment, stomatologiya, 2-davolash va xorijiy fakultetlarning 57 nafar talabasiga 3 infektsiyaning tezkor tahlili o‘tkazildi.

ERASMUS+ AXBOROT KUNI

2023-yil 17-поуаЬr kuni ERASMUS+ AXBOROT KUNI o’tkazildi. Tadbirda Jamoat salomatligi va menejment kafedrasi xodimi Razikova Aziza ishtirok etdi,tadbirda ishtirokchilarga umumiy mа’lumоtlаr, yangi qoida vа shаrtlаr, tanlov jarayonini tashkil etish, loyiha takliflarini topshirish tartibi, muddatlari va so’nggi yangiliklar to’g’risida axborot berildi.

Erasmus + FOR21 bilan hamkorlikda S.D. Asfendiyarov nomidagi Qozoq milliy tibbiyot universiteti tomonidan ma’ruza va mahorat darsi o‘tkazildi

S.D. Asfendiyarov nomidagi Qozoq milliy tibbiyot universiteti Kommunikativ ko‘nikmalar kafedrasi Toshkent tibbiyot akademiyasi Jamoat salomatligi va menejment kafedrasi bilan hamkorlikda TTA 2 va 4-kurs talabalari uchun “Flipped classroom” texnologiyasi bo‘yicha “Asosiy muloqot ko‘nikmalari: verbal/no verbal og’zaki muloqot ” mavzusida ma’ruza Read More …