Akademik mobillik dasturi doirasida 2026-yil 18–24-may kunlari davomida Kozogiston Respublikasi Semey tibbiyot universiteti Jamoat salomatligi kafedrasi professori Serikova-Yesengeldina Dinara Serikovnaning Toshkent davlat tibbiyot universiteti №1-son Jamoat salomatligi va sogʻliqni saqlash menejmenti kafedrasiga tashrifi amalga oshirildi.

2026-yil 18-may tashrifning birinchi kunida №1-son  Jamoat salomatligi va sogʻliqni saqlash menejmenti   kafedrasi professor-oʻqituvchilari bilan tanishuv boʻlib oʻtdi.Shu kuni Dinara Serikovna tomonidan KGMU 3-kurs talabalari uchun “Jamoat salomatligi” fani doirasida: “Jamoat salomatligi fan sifatida. Tibbiy-demografik statistika” mavzusida leksiya oʻtkazildi.  19-may tashrifning ikkinchi kunida universitet binolari boʻylab tanishuv ekskursiyasi tashkil etildi. 20-may Dinara Serikovna tomonidan: “Kasalliklarning global yuki. Ijtimoiy ahamiyatga ega kasalliklar jamoat salomatligi muammosi sifatida” mavzusida leksiya oʻqildi. 21-may akademik mobillik dasturi doirasida: “Ilmiy tadqiqotlar etikasi” mavzusida leksiya oʻtkazildi. 22-24-may kunlarida: “One Health konsepsiyasi. Sogʻliqni saqlashning xalqaro muammolari. Endemiya, epidemiya va pandemiyalar. Tarixiy jihatlar” mavzusida leksiya oʻtkazildi.Serikova-Yesengeldina Dinara Serikovnaning tashrifi Toshkent davlat tibbiyot universiteti va Semey tibbiyot universiteti oʻrtasidagi xalqaro hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qildi.

 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.