Mazkur seminar 1-son Jamoat salomatligi va sog‘liqni saqlash menejmenti kafedrasi pedagoglari talabalar uchun dispansarizatsiya va tibbiy hujjatlarni yuritish masalalariga bag‘ishlangan mazmunli ma’ruza tashkil etildi.Ma’ruza davomida professor-o‘qituvchilar dispansar kuzatuvini tashkil etishning zamonaviy yondashuvlari, uning kasalliklar profilaktikasidagi ahamiyati hamda aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifatini oshirishdagi o‘rni haqida batafsil ma’lumot berdilar. Shuningdek, tibbiy hujjatlarni to‘g‘ri rasmiylashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.Seminar bitiruvchi kurs talabalarining nazariy bilimlarini mustahkamlash, amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda kelajakdagi kasbiy faoliyatida zarur bo‘ladigan hujjatlar bilan ishlash malakasini oshirishga xizmat qilmoqda.




