Kafedra assistenti Zoxidov J.M.ning ilmiy seminarni muvaffaqiyatli o‘tgani to‘g‘risida.

Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi huzuridagi Ilmiy seminarda Jamoat salomatligi va sogʻliqni saqlash menejmenti kafedrasi assistenti Zoxidov Jaxongir Murodjon o‘g‘lining “Oilaviy poliklinika sharoitida yurak-qon tomir kasalliklari profilaktikasi tizimini takomillashtirish” mavzusidagi dissertatsiya ishi muhokama qilindi.

Muhokama davomida dissertatsiya ishi ilmiy seminar aʼzolari va mutaxassislar tomonidan katta qiziqish bilan kutib olindi. Tadqiqotning dolzarbligi, ilmiy yangiligi hamda amaliy ahamiyati alohida eʼtirof etildi. Ishtirokchilar tomonidan ish yuzasidan ko‘plab savollar berilib, tadqiqotni yanada takomillashtirish va uning natijalarini amaliyotga joriy etishga qaratilgan qimmatli taklif va tavsiyalar bildirildi.

Muhokama yakunida dissertatsiya ishi ilmiy seminar aʼzolari tomonidan ijobiy baholanib, Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi huzuridagi Ilmiy kengashda himoyaga tavsiya etildi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.