XI Butunrossiya pediatriya forumi ishining birinchi kunida Gulnara Karimovna Xudayqulova «Bolalarda O‘RVI profilaktikasi va davolashda interferonlar (mahalliy shakllari). O‘zbekiston tajribasi» mavzusida ma’ruza bilan ishtirok etdi.
Erishilgan bilimlarning amaliyotga joriy etilishi: Forum davomida olingan ilmiy va amaliy ma’lumotlar Toshkent davlat tibbiyot universiteti talabalari, magistrlari va klinik ordinatorlari o‘quv jarayoniga joriy etiladi. Pediatriya va bolalar infeksion kasalliklari bo‘yicha o‘quv dasturlarini takomillashtirishda foydalaniladi. Bolalarda ORVI profilaktikasi va davolash bo‘yicha zamonaviy xalqaro tavsiyalar amaliy sog‘liqni saqlash muassasalari faoliyatiga tatbiq etish uchun tavsiya qilinadi. Kafedra professor-o‘qituvchilari uchun seminar va mahorat darslari tashkil etilib, forum materiallari asosida metodik tavsiyalar ishlab chiqiladi. Xalqaro hamkorlar bilan qo‘shma ilmiy tadqiqotlar va ilmiy maqolalar tayyorlash rejalashtirilmoqda.


