Toshkent davlat tibbiyot universiteti Davolash fakulteti 3-bosqich, 326-A guruh talabalari, 1-son “Jamoat salomatligi va sog‘liqni saqlash menejmenti” kafedrasi o‘qituvchisi Mirxamidova S.M. rahbarligida “Muruvvat-2” Toshkent nogironlar uchun bolalar uyi ga tashrif buyurishdi.

Tashrifdan maqsad — nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlarini eslatish, ularning jamiyatdagi o‘rnini ta’kidlash hamda mavjud muammolarga e’tibor qaratishdan iborat. Bunday tashriflar jamiyatda teng imkoniyatlar yaratish, har bir insonning qadr-qimmatini hurmat qilish va ularning jamiyat hayotida faol ishtirokini ta’minlashga xizmat qiladi.

Tashrif davomida talabalar bo‘limlarda shifokorlar va hamshiralariga yordam berib, amaliy tajriba orttirdilar hamda bolalar parvarishida faol ishtirok etdilar.

Shuningdek, bolalarga zarur gigiyenik vositalar va turli sovg‘alar topshirildi.

Toshkent davlat tibbiyot universiteti xodimlari “Muruvvat” internat uylari bilan hamkorlik qilishga doimo ochiq ekanliklarini va bunday ijtimoiy tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashlarini ta’kidladilar.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.