Xoja Ahmad Yassaviy nomidagi Xalqaro Qozog‘iston–Turkiya universitetida o‘tkazilgan akademik stajirovka.

2026-yil 4-maydan 30-maygacha bo‘lgan davrda, TDSU rektorining 2026-yil 8-maydagi 1947-sonli buyrug‘iga muvofiq, TDSUning 1-sonli Jamoat salomatligi va sog‘liqni saqlash menejmenti kafedrasi mudiri, tibbiyot fanlari doktori, professor Xudayqulova Gulnora Karimovna Xoja Ahmad Yassaviy nomidagi Xalqaro Qozog‘iston–Turkiya universitetining “Jamoat salomatligi” kafedrasi bazasida akademik stajirovkani muvaffaqiyatli o‘tadi.

Akademik stajirovka davomida kafedraning ta’lim jarayoni chuqur o‘rganildi, “Jamoat salomatligi” va “Sog‘liqni saqlash menejmenti” ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha o‘quv dasturlari tahlil qilindi. Shuningdek, mazkur yo‘nalishlar bo‘yicha ta’lim berishning metodologik yondashuvlari, jumladan, zamonaviy pedagogik texnologiyalar, talabalar bilim darajasi hamda ularning ta’lim jarayonidan qoniqish darajasini baholash usullari va boshqa jihatlar o‘rganildi.Universitetning asosiy bo‘linmalari faoliyati bilan tanishildi, bo‘linmalar rahbarlari, ixtisoslashtirilgan kafedralar mudirlari, professor-o‘qituvchilar tarkibi, shuningdek, bakalavriat va magistratura talabalari bilan uchrashuvlar o‘tkazildi.Tashrif doirasida ma’ruzalar o‘qildi va amaliy mashg‘ulotlar olib borildi. Bu esa bakalavriat va magistratura talabalari bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash hamda ularning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishga xizmat qildi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.