2026-yil 13-may kuni soat 15:00 da O‘zbekiston davlat drama teatrida “Layli va Majnun”spektakl PREMYERASI bo‘lib o‘tadi.Va unda 1-Son Jamoat salomatligi va sogliqni saqlash kafedrasini xodimlari taklif etildi.

2026-yil 13-may kuni soat 15:00 da O‘zbekiston davlat drama teatrida buyuk mutafakkir Alisher Navoiyning bebaho adabiy merosi — “Layli va Majnun” dostoni asosida iste’dodli rejissor Asqar Holmo‘minov tomonidan sahnalashtirilgan spektakl PREMYERASI bo‘lib o‘tadi. Va unda 1-Son Jamoat salomatligi va sogliqni saqlash menejmenti  kafedrasini xodimlari taklif etildi.Layli va Majnun spektakli bizda juda katta taassurot qoldirdi. Tibbiyot universiteti o‘qituvchilari sifatida talabalar bilan birga ma’naviy muhitni his qilish, milliy adabiyot va san’atga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirish imkoniga ega bo‘ldik. Aktyorlarning mahorati, sahna bezagi va musiqiy ijro asar mazmunini chuqur his etishga yordam berdi. Ushbu spektakl nafaqat estetik zavq, balki insonparvarlik, sadoqat va muhabbat kabi qadriyatlarni yana bir bor anglashimizga sabab bo‘ldi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.