Amaliy mashg‘ulot sog‘ligida cheklovlari bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan muassasa — internat uyida tashkil etildi. Sayyor o‘quv mashg‘uloti davomida talabalar statsionar tibbiy yordamni tashkil etish xususiyatlari, tibbiyot muassasasining tuzilmasi, o‘rta tibbiyot xodimlari va shifokorlar faoliyati tamoyillari, shuningdek, bunday muassasalarda ko‘rsatiladigan asosiy tibbiy xizmat turlari bilan tanishdilar.
Mashg‘ulot davomida quyidagi masalalarga alohida e’tibor qaratildi:
- statsionar tibbiy yordam turlari;
- sutka davomida parvarish sharoitida tibbiyot xodimlarining vazifalari;
- sanitariya-gigiyena talablari;
- tibbiy asbob-uskunalarning qo‘llanilishi va vazifalari;
- bolalar bilan ishlashda deontologiya va tibbiy etika masalalari.
