2026-yil 4-maydan 30-maygacha bo‘lgan davrda, TDSU rektorining 2026-yil 8-maydagi 1947-sonli buyrug‘iga muvofiq, TDSUning 1-sonli Jamoat salomatligi va sog‘liqni saqlash menejmenti kafedrasi mudiri, tibbiyot fanlari doktori, professor Xudayqulova Gulnora Karimovna Xoja Ahmad Yassaviy nomidagi Xalqaro Qozog‘iston–Turkiya universitetining “Jamoat salomatligi” kafedrasi bazasida akademik stajirovkani muvaffaqiyatli o‘tadi.
Akademik stajirovka davomida kafedraning ta’lim jarayoni chuqur o‘rganildi, “Jamoat salomatligi” va “Sog‘liqni saqlash menejmenti” ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha o‘quv dasturlari tahlil qilindi. Shuningdek, mazkur yo‘nalishlar bo‘yicha ta’lim berishning metodologik yondashuvlari, jumladan, zamonaviy pedagogik texnologiyalar, talabalar bilim darajasi hamda ularning ta’lim jarayonidan qoniqish darajasini baholash usullari va boshqa jihatlar o‘rganildi.Universitetning asosiy bo‘linmalari faoliyati bilan tanishildi, bo‘linmalar rahbarlari, ixtisoslashtirilgan kafedralar mudirlari, professor-o‘qituvchilar tarkibi, shuningdek, bakalavriat va magistratura talabalari bilan uchrashuvlar o‘tkazildi.Tashrif doirasida ma’ruzalar o‘qildi va amaliy mashg‘ulotlar olib borildi. Bu esa bakalavriat va magistratura talabalari bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash hamda ularning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishga xizmat qildi.
Mazkur tashrifning asosiy maqsadi jamoat salomatligi va sog‘liqni saqlash menejmenti sohalarida ikki tomonlama akademik hamda ilmiy hamkorlikni rivojlantirishdan iborat edi. Ilmiy-ta’limiy yo‘nalishdagi xalqaro hamkorlikni mustahkamlash, qo‘shma ilmiy tadqiqotlarni kengaytirish, shuningdek, ilg‘or ilmiy va pedagogik tajribalar almashinuvini rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Tashrif doirasida zamonaviy sotsiologik va boshqa ilmiy-tadqiqot usullarini ta’lim hamda ilmiy faoliyatga integratsiya qilish, innovatsion ta’lim texnologiyalarini joriy etish va mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirish bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi.
Belgilangan vazifalarning amalga oshirilishi kasbiy kompetensiyalarni yanada takomillashtirish, akademik aloqalarni kengaytirish hamda kelgusidagi qo‘shma ilmiy loyihalarni amalga oshirish uchun mustahkam zamin yaratishga xizmat qildi.



