Toshkent davlat tibbiyot universiteti 1-son Jamoat salomatligi va sog‘liqni saqlash menejmenti kafedrasida 2026-yil 29-30–iyun kunlari Yuqumli va bolalar yuqumli kasalliklari kafedrasining 10 nafar xodimi hamda 30-iyunda Yuqumli kasalliklar va bolalar yuqumli kasalliklari, ftiziatriya va pulmonologiya kafedrasining 10 nafar universitet pedagoglari uchun «Sog‘liqni saqlash tizimida sun’iy intellektni tatbiq etish» mavzusi bo‘yicha o‘quv seminari tashkil etildi.


