2021-yilda Toshkent tibbiyot akademiyasi Erasmus+ dasturi doirasida 619037-EPP-1-2020-1-EL-EPPKA2-CBHE-JP «Fоstering the doctor of the 21st century: education for patient-centered communication» (XXI asr shifokorini shakllantirishda: Bemorga yo’naltirilgan muloqot ko’nikmalarini o’rgatish) loyihasining ishtirokchisi boʻldi, bu yerda grant talabgori Aristotle University of Thessaloniki (AUTH) (Gretsiya) xisoblanadi.
Bu ERASMUS+ taʼlim muassasasi tomonidan Oliy taʼlim (E+CBHE) sohasida salohiyatni oshirish loyihalari sohasida hamkorlikda moliyalashtiriladigan loyihadir. Loyihaning muddati 3 yil bo‘lib, unda Yevropa davlatlari, Rossiya Federatsiyasi, Qozog‘iston va O‘zbekiston universitetlari ishtirok etadi.
FOR 21 loyihasi to‘qqizta oliy ta’lim muassasasidan iborat konsortsium bo‘lib, ulardan 3 tasi Yevropa universiteti, 2 tasi Rossiya, 2 tasi O‘zbekiston va 2 tasi Qozog‘iston universitetlaridir. Uning maqsadi shifokor va bemor o’rtasidagi muloqotni yaxshilashga qaratilgan ta’lim strategiyalari, muloqot kompetentsiyalari va ijtimoiy mas’uliyatni shakllantirish uchun o’quv dasturlarini ishlab chiqishda yordam berishdir.
Proektning bosh sayti: https://for21.eu/?page_id=20&lang=ru
Yevropa Ittifoqi hamkorlari:
Aristotle University of Thessaloniki (AUTH)
University of Leeds (UoL)
University of Oulu (UoO)
Hamkorlar:
Tashkent Medical Academy (TMA)
Samarkand State Medical Institute (SSMI)
Tyumen State Medical University (TyumSMU)
North-Western State Medical University named After I.I.Mechnik (NWSMU)
Karaganda Medical University, Kazakhstan
Asfendiyarov Kazakh National Medical University (KazNMU)
FOR 21 Proekt muddati: 2021-2023