
2026 yil 7 yanvar sanasida TDTUda “Oliy tibbiy ta’limni rivojlantirishda raqamlashtirish va sun’iy intellektdan foydalanishning istiqbolli yo‘nalishlari, Erishilgan yutuqlar” mavzusidagi o‘quv uslubiy anjumani tashkil etildi. Anjumanning sektsiya yig‘ilishida universitetning 1-son jamoat salomatligi va sog‘liqni saqlash menejmenti kafedrasining dotsenti M.M. Ilyasova “Sog‘liqni saqlash menejmenti bo‘yicha ta’lim berishda suniy intellektni qo‘llash istiqbollari” mavzusida ma’ruza o‘qidi. U suniy intellektning ta’lim jarayonidagi axamiyati hamda menejer-rahbarlarning SI dasturlari va platformalaridan foydalanish orqali tejalaishi mumkin bo‘lgan resurslar va imkoniyatlar haqida gapirib so‘zining yakunida biz talabalarga SI dan foydalanishda unga to‘g‘ri vazifa berishni o‘rgatishimiz zarurligi va o‘zimiz esa SI poezdiga chiqib olishimiz emas balki uni boshqaruvini qo‘lga olishimiz zarurligini ta’kidladi.
