Talabalar ilmiy-tadqiqot ishlari tanlovi o‘tkazilgani haqida (TIJ)

2025-yil 17-mart kuni Toshkent davlat tibbiyot universiteti 1-son «Jamoat salomatligi va sog‘liqni saqlash menejmenti» kafedrasida “Jamoat salomatligi, marketing va menejment” yo‘nalishi bo‘yicha talabalar ilmiy-tadqiqot ishlari tanlovi bo‘lib o‘tdi.

Tanlovda universitetning 21 nafar talabalari ishtirok etdi. Tadbir davomida ishtirokchilar jamoat salomatligi, raqamli texnologiyalar, sun’iy intellektning tibbiyotdagi o‘rni, shuningdek sog‘liqni saqlash tizimida menejment va marketing masalalariga bag‘ishlangan ilmiy ma’ruzalar bilan chiqish qildilar. Har bir taqdimotdan so‘ng savol-javoblar o‘tkazildi.

Tanlov yakunida hay’at tomonidan g‘oliblar, sovrindorlar va turli nominatsiyalar egalari aniqlandi. Barcha ishtirokchilar sertifikatlar bilan taqdirlandi, eng yaxshi ishlar esa diplomlar bilan e’tirof etildi.

Mazkur tadbir talabalar ilmiy salohiyatini rivojlantirish, bilim almashish va ilmiy izlanishlarga bo‘lgan qiziqishni oshirishda muhim ahamiyat kasb etdi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.